12 may Xalqaro hamshiralar kuni

Hammamizga ma’lumki hamshiralar boshlang‘ich tibbiy ta’lim mutaxassislar bo‘lib, shifokor yoki feldsherdan bemorlarni parvarish qilish bo‘yicha olingan ko‘rsatmalarni bajaruvchi doktorlarning beminnat yordamchilari hisoblanadi. Ular eng insonparvar kasb egalari hisoblanishadi.

Har yili 12 may xalqaro Hamshiralar kuni sifatida butun dunyo nishonlab keladi. Tibbiyot sohasida shifokorlarning o‘rni va ma’suliyati bilan birga malakali hamshiralarning o‘rni xam beqiyos.  Xozirgi paytda davlatimizda berilayotgan imkoniyatlar shundan dalolat beradiki, tibbiyot soxasida nafaqat malakali shifokor, balki malakali xamshiralarga xam keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Tadbirni RIKIATM Qarshi filiali direktori N.P.Yuldoshev ochib berdi. So‘ngra Sog‘liqni saqlash vazirining hamshiralarga yullagan tabriga o‘qib eshittirildi. Filialda o‘zinig fidoiyligi, jonkuyarligi bilan ajralib turgan bir garuh hamshiralar faxriy yorliqva qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.