Yurak koronar tomirlarining surunkali okklyuziyasi (to‘liq yopilish) davrda

Yurak koronar tomirlarining surunkali okklyuziyasi (to‘liq yopilish) davrda

endovaskulyar jarroxlik   uchun texnik jihatdan eng qiyin amaliyotlaridan biridir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, diagnostik koronarangiografiya o‘tkazilgan xar uchta bemordan birida koronar tomirlar surunkali okklyuziyasi uchraydi. Hozirda buni davolash uchun turli usullar qo‘llanilmoqda. Koronar tomirlar surunkali okklyuziyasini endrvaskulyar usulda ochish muvaffaqiyatliligi xirurgning ish staji va amaliyot vaqtida ishlatiladigan tibbiy instrumentlarning yetarlicha va ishonchliligiga bog‘liqdir. Koronar tomirlar surunkali okklyuziyasini antegrad, retrograd  va subintimal o‘tish texnikasi  kabi maxsus usullar yordamida ochish mumkin.

Surunkali okklyuziya ochish amaliyoti paytida bajarilgan amaliyotning rentgen vaqti, ishlatilgan kontrast miqdori, koronar tomirlarning minimal asoratsiz shikastlanishi amaliyotdan keyingi davrda bemorning axvoliga sezilarli tasir ko‘rsatadi.

  Koronar o‘tkazgichni qo‘llab-quvvatlashni oshirish uchun qo‘shimcha ravishda OTW modifikatsiyasili balon kateterlari va mikrokateterlardan foydalaniladi. Ushbu asboblardan foydalanish surunkali okllyuziya ochilish extimolligini oshiradi. Shu maqsadda ishlatiladigan mikrokateterlardan Sorsair (Asahi), Finecross (Terumo), SuperCross (Angiosolution), Headway (Terumo).   ishlatilgan.

Xozirgi kundagi ishonchli mikrokateterlardan Boston Scientific kompaniyasidan yangi mikrokateter MAMBA dir. Mamba mikrokateterining 3 xil turi bo‘lib, ulardan okklyuziyani antegrad ochishga muljallangan Mamba FLEX 135  va Mamba 135, retrograd usulda ochishga muljallangan Mamba FLEX 150.

Qolgan mikrokaterlardan Mamba mikrokateterining farqi yuqori yumshoqligigi, aarteriya anatomik egriligidan o‘tiishi, koronar o‘tkazgichni quvvatlash imkoniyati yuqoriligi bilan farqlanadi.

 Surunkali okklyuziyalarni ochish ko‘p yillik tajriba va maxorat talab qiladigan amaliyot xisoblanadi. Bu borada O‘zbekistonda yetakchi intervension kardiolog tibbiyot fanlari doktori Yuldoshev Nabijon Pirimovichning maxorati nafaqat O‘zbekistonda balki yaqin  chegaradosh davlatlarda xam etiborga tushib bormoqda. Shu sababli Turkiyadan tashrif buyurgan professor Shevket Gorgulu surunkali okklyuziyalarni ochish buyicha ko‘p yillik tajriba va maxoratga ega intervension kardiolog bilan Yuldoshev Nabijon Primovichning poytaxtimizdagi “Akfa Medline” xususiy klinikasida o‘tkazgan maxorat jarroxlik amaliyoti taxsinga loyiqdir. Bu ikkala jarroxlar bajargan amaliyotlarda bir qancha surunkali okklyuziya bilan og‘rigan bemorlar o‘z dardiga davo topishdi. Amaliyolar vaqtida  Mamba mikrokateterlaridan foydalanildi.