Umumxalq hayriya hashari bo’lib o’tdi

Hukumatning tegishli farmoyishiga ko‘ra 30 aprel kuni respublikada umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Hashar “Mahalla obodligi — yurt farovonligi” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda. Undan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

Shu munosabat bilan RIKIATM Qarshi filiali ishchi xodimlari xam ushbu hasharga o‘z hissalarini munosib ravishda qo‘shishdi. Shifoxona atrofi va hovlisi obodonlashtirilib, tozalash ishlari olib borildi.