Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali shifokorlaridan iborat «Mobil guruh» azolari bilan Dexqonobod tuman tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida markaz shifokor kardiologlari R. Raxmonov, D. Mamatova, intervension kardiolog B. Yuldoshev va ExoKG shifokori N. Yuldoshevlar birgalikda yurak hastaliklaridan aziyat chekayotgan ko‘plab bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.
Ko‘rik davomida 30 ga yaqin turli xil hastaliklar bilan aziyat chekib kelayotgan fuqorolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, shulardan 7 nafari xonadonlarda, 6 nafari og‘ir holatda yotgan shoshilinch reanimatsiya bo‘limidagilarga tegishli tartibda mutaxassislar tomonidan kerakli ko‘rsatma va maslaxatlar berildi.