Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Markaz direktori t.f.d. Yuldoshev N.P. yig‘ilishni kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng dastlabki masala “Doimiy faoliyatdagi xay’ati”ning 2022 yil aprel oyida YuIK bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganishlari natijasi yuzasidan filial direktorining davolash bo‘yicha o‘rinbosari – G‘afforov Sh.Sh. ning ma’ruzasi tinglandi.
Keyingi masala markaz Poliklinika bo‘limida mart-aprel oylarida qatnovlar, tekshiruvlar va tushumlar bo‘yicha solishtirma ma’lumotlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i – Ravshanov S.A. ning ma’ruzasi tinglandi.
Keyingi masala filialda budjetdan tashqari mablag‘larni qay tariqa sarflash bo‘yicha iqtisodchi – Xo‘jakeldieva D.N. ning ma’ruzasi tinglandi
Yig‘ilish so‘ngida RIKIATM Qarshi filiali Kardioreanimatsiya bo‘limi kichik tibbiyot xodimi Husanova Sh.I. ning nafaqa yoshiga to‘lganligi munosabati munosib xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda markaz KUK raisi Jumev A.M. so‘zga chiqib o‘zining dil izxorlarini bildirib, markaz tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirladi hamda shunga qo‘shimcha ravishda bazaviy hisoblashning 5 baravari miqdorida rag‘batlantirildi.