Ilk bor 10 yoshli bolada ochiq operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining 120 o‘ringa mo‘ljallangan Qarshi filialida 40 dan ortiq turdagi zamonaviy jihozlar o‘rnatilgan. Natijada bemorlarga yuqori texnologiyali yordam ko‘rsatish turlari ko‘paymoqda. Ayni paytda viloyatda 160 ming nafarga yaqin yurak xastaligi bilan og‘rigan, 68 ming nafari dispanser kuzatuviga, 10 ming nafari yuqori texnologiyali yordam va jarrohlik amaliyotiga muhtoj. Ular orasida bolalar ham bor. Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni tibbiy yordamga muhtoj aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida yurak xastaligi bilan og‘rigan 10 yoshli qizchada birinchi ochiq operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Operatsiyadan keyin bemorning ahvoli juda yaxshi. Kelgusida yosh bolalarda ham bunday yuqori texnologiyali operatsiyalarni ko‘proq o‘tkazish rejalashtirilgan.