Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Prezidentimizning tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqotida belgilangan 7 ta muhim yo‘nalishdagi vazifalar ijrosi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining sayyor qabullari bo‘lib o‘tmoqda.
Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musaev boshchiligida “Dardingizga malham bo‘lamiz” sog‘lomlashtirish aksiyasi tashkil etildi. Aksiyani o‘tkazishdan maqsad aholini qiynab kelayotgan dardlarni shu yerning o‘zida yetuk mutaxassis shifokorlar tomonidan kerakli tavsiya va yunalishlar berishdan iborat.
RIKIATM Qarshi filialining bir guruh yetuk mutaxassis shifokorlar yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan 300 nafarga yaqin bemorlarga o‘zlarining yordamlarini ko‘rsatishdi.
Shaxsan vazirning o‘zlari jarayonni ko‘zdan kechirib, bemorlarning savollariga ham javob berdi. Aksiya doirasida viloyat, tuman mutassadi rahbarlari ham o‘zlarini kardiolog ko‘rigidan o‘tkazishdi.
Aksiya davom etmoqda.