O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlarida belgilangan muhim topshiriqlar ijrosini joylarda ta’minlash, amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishchi guruhlar Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida yetuk yuqori malakaga ega mutaxassislar joylarda yuqori texnologik jarroxlik amaliyotlarini o‘tkazishmoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga ham Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazidan, Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi va Bolalar milliy tibbiyot markazidan tashrif buyurgan yetuk mutaxassis shifokorlar filial shifokorlari bilan hamkorlikda yuqori texnologik jarroxlik amaliyotlarini o‘tkazishmoqda.
Hamkorlikadagi yuqori texnologik jarroxlik amaliyotlari
