Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tashrif buyurgan.
Tashrif davomida Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari To‘ychiev Laziz Nodirovich va Sog‘liqni saqlash vaziri Musaev Behzod Anvarovich hamda ishchi guruh a’zolari Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga tashrif buyurish erishilgan yutuqlar, muammo va kamchiliklarni o‘rganishdi.