Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali direktori, t.f.n. N.P. Yo‘ldoshev va “Mobil guruh” a’zolari, markazning bir guruh shifokorlari Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurishdi. “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Tashrif davomida markaz direktori va shifokorlar, shahar tibbiyot birlashmasi bosh vrachi M. Norov, kardiolog shifokor P. Ular Ergashevlar bilan birgalikda yurak xastaligidan aziyat chekayotgan ko‘plab bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib, bepul EKG, exokardiografiya, maslahatlar berishdi.
Tekshiruv davomida turli xastaliklardan shikoyati bilan 70 nafarga yaqin fuqaro qabul qilinib, mutaxassislar tomonidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
“Ochiq eshiklar kuni” Shahrisabz shahrida
