Kardiologiya markazi yetuk shifokorlari Qarshi filialida

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida t.f.d. Amirqulov B.J. boshchiligidagi RIKIATM Mobil EFI guruxi tomonidan Yurak ritmi va o‘tkazuvchanligining murakkab buzilishi bilan 5 ta bemorda yurak elektrofiziologik tadqiqoti va radiochastotali ablatsiya amaliyoti o‘tkazildi.

Ushbu turdagi amaliyotlar yuqori malaka va tajriba talab qilib, kasallikning ayrim nozologiyalarida amaliyot effektevligi 97% ga yetadi. Hurmatli mexmonimiz t.f.d. Amirkulov B.J. ishtirokida o‘tkazilgan mahorat darslarida uzoq yillar davomida yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buzilishidan aziyat chekib kelgan bemorlarimiz dardlariga davo topdilar.