Joriy yilning 1 mart sanasida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan viloyatimizning jurnalist va blogerlari uchun prees-tur tashkil etildi.
Dastlab jurnalist va bloggerlar jamoasiga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i R.P. To‘lakov, markaz direktori t.f.d. N.P. Yuldoshev va Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali direktori B.K. Teshaev boshchiligida markazda bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar, yuqori texnologik jarroxlik amaliyotlari o‘tkaziladigan xonalar bilan yaqindan tanishtirildi.
Shundan so‘ng press-tur qatnashchilari uchun taqdimot o‘tkazildi. Unda markaz faoliyati, qilingan ishlar, o‘tkazilgan jarroxlik amaliyotlari haqida qisqacha ma’lumot berildi. OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan tomonidan javob olishdi.
Press-tur yakunida markaz direktori tomonidan qatnashchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.