Rossiyalik shifokorlar bilan maxorat darslari o’tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida Rossiya davlati Meshalkin nomidagi ilmiy-tibbiy tadqiqot markazi Rentgen endovaskulyar xirurgiya bo‘limi raxbari, t.f.n. Redkin D.A. ishtirokida yurak ishemik kasalligi tashxisli bir nechta bemorda koronar tomirlar stentlash bo‘yicha maxorat darslari o‘tkazildi.

Xurmatli mehmonimiz t.f.n. Redkin D.A. bilan birgalikda ishtirokida ja’mi 7 ta bemorda koronar tomirlar stentlash amaliyoti o‘tkazildi. Ular chap koronar arteriya o‘zanini stentlash, o‘ng koronar arteriya okklyuziyasini retrograd ochish va stentlash, koronar tomirlar bifurkatsiyasini stentlash, aorta koronar shunt okklyuziyasini ochish va stentlash kabi amaliyotlardir.

O‘tkazilgan amaliyotlar ichida murakkab texnika talab etuvchi koronar arteriya surunkali total okklyuziyasini retrograd usulda ochish amaliyoti ham o‘tkazildi. Bu amaliyotning murakkab va unikalligi shundaki, arteriyaning okklyuziya qismidan keyingi bo‘shlig‘iga uni retrograd to‘ldirayotgan ikkinchi arteriya tarmog‘i anastomozi orqali o‘tishni talab qiladi. Markazimiz direktori t.f.d. Yuldoshev N.P. tashabbusi bilan tashrif buyurgan yetuk rentgen-endovaskulyar xirurg, t.f.n. Redkin D.A. o‘ng koronar arteriya surunkali total okklyuziyasni retrograd usulda “reverse CART” metodi bo‘yicha ochish va stentlash bo‘yicha maxorat darsi o‘tdi. “Reverse CART” metodi bo‘yicha koronar o‘tkazgich retrograd yo‘l bilan okklyuziya bo‘lgan segmentdan o‘tkaziladi va shu o‘tilgan koronar o‘tkazgich orqali balon kateter bilan okklyuziya bo‘lgan segment antegrad angioplastika qilinadi va tomirning yopilgan segmenti ochiladi va stent qo‘yiladi.

Markazimiz ma’muriyati va intervension kardiologlar jamoasi ushbu o‘tkazilgan maxorat darslari uchun t.f.n. Redkin D.A. ga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Ushbu xamkorlik nafaqat tibbiyot xodimlarimiz, balki markazimizga murojaat qilgan bemorlar uchun ham foydali bo‘ldi.