“Ijtimoiy ma’naviy muhitni barqarorlashtirish jaxolatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

          Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida “Ijtimoiy ma’naviy muhitni barqarorlashtirish jaxolatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirni markaz direktori t.f.d. N.P. Yuldoshev ochib berdi. Tadbirda Qashqalaryo viloyat xokimining diniy va jamiyat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari I.N.Arziqulov eshtirok etdi va davlat tashkilotlari va idoralarida ijtimoiy, ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish bo‘yicha o‘z fikr muloxazalarini bildirib o‘tdi.

 

          Shu bilan birga bugungi kunda kattalar va yoshlar orasida diniy va dunyoviy bilimlarni egallashlarida nihoyatda e’tiborli bo‘lishligi, diniy bilimlardan dunyoviy bilim afzalliklari haqida batafsil tushuntirish berildi.

          Shundan so‘ng kun tartibi bo‘yicha markaz Kasaba Uyushma Qo‘mitasi raisini qayta saylash bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tdi. Saylovda O‘zbekiston Sog‘liqnn Saqlash xodimlarn Kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati kengashi raisi D.A. To‘xtaeva qatnashdi. Dastavval markaz Kasaba Uyushma Qo‘mitasi a’zolari saylab olindi va shu a’zolar orasidan qo‘mita raisligiga bir ovoz bilan markaz oliy toifali  kardiolog shifokori A.M. Jumaev saylandi.

          Kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati kengashi tomonidan shu kunga qadar markaz kasaba uyushmasi raisligini bajarib kelgan R.E. Raxmonov qimmatbaxo sovg‘a bilan taqdirlandi.