Kitob tumanida «Ochiq eshiklar kuni» bo’lib o’tdi

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali yetakchi shifokorlarining Qashqadaryo viloyati shahar, tuman tibbiyot markazlariga va qishlok vrachlik ambulatoriyalariga yil davomida tashrifi muntazam bo‘lib turadi.

2021 yil 20 fevral kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialining bir guruh mutaxassislari Kitob tumanida bo‘lib qaytishdi.

Markaz direktori t.f.d. N.P. Yuldoshev topshirig‘i bilan “Mobil guruh” shifokorlari Kitob tumanida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil qilindi va tuman tibbiet birlashmasida yurak hastaliklaridan aziyat chekayotgan ko‘plab bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Kitob tumani kuratori ExoKG shifokori N. Yuldoshev, kardiolog J. Islomov, intervension kardiolog F. Qo‘ziev, kardiojarrox O. Po‘latovlar 40 nafardan katta yoshdagi va bolalarda tug‘ma yurak nuqsonli bemorlarning holatini chuqur tekshirib ko‘rib, ularni darddan xalos etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berishdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – kardiologiyaning so‘nggi yutuqlarini ommalashtirib, tuman tibbiyot markazlariga va qishlok vrachlik ambulatoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmasini boyitish orqali xalqimizga xizmat samaradorligini yanada oshirishdan iborat.