Yangi xodimlar sinovdan o’tkazildi

Yuqorida markaz Artireal gipertenziya bo‘limi qoshida yangi ochiladigan “Tibbiy turizm va reabilitatsiya” guruhini tashkil qilinib, unga yangi xodimlar qabul qilinishi haqida aytib o‘tgan edik.

Bugun ushbu guruhga ishga kirish istagida tashrif buyurgan fuqorolarni markaz direktori t.f.d. Yuldoshev N.P. birma-bir suxbat qilib ularning tibbiy bilimlarini savol javob qilish orqali tekshiruvdan o‘tkazdi.

Shundan so‘ng suxbatdan o‘tgan fuqorolar joriy yilning 1 martidan sinov muddati asosida ishga qabul qilindi. Markaz direktori ularga kelgusi ishlarida omad tilab, bemorlarga chin dildan e’tibor qaratib, yaxshi muomilada bo‘lish zarurligini aytib o‘tdi.