18 fevral kuni RIKIATM Qarshi filiali majlislar zalida bir qator muhim masalar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Markaz direktori t.f.d. Yuldoshev N.P. so‘zga chiqib yig‘ilganlarga kun tartibidagi quyidagi maslalar ko‘rib chiqilib o‘z yechimini topishi haqida ta’kidlab o‘tdi.
- Markaz dorixonasida o‘tgan 2020 yil COVID-19 pandemiyasi davrida sotib olingan dori darmonlar va tibbiyot preparatlarini umumiy hisobotini taxlil va xulosa qilish to‘g‘risida bo‘lib, unda markaz dorixona provizori Ergasheva Z.N. so‘zga chiqib o‘z fikr va takliflarini bildirdi.
- Markazda o‘tkazilgan AUDIT xulosasini taxlil qilish, yo‘lga qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida markaz iqtisodchisi Xalmanov F.M. slaydlar orqali o‘z hisobotini berib o‘tdi. Qo‘shimcha ravishda Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni Saqlash Boshqarmasi Audit bo‘limidan Ruziev A. ham tibbiyot sohasidagi audit haqida umumiy ma’lumotlarni berib o‘tdi.
- Markaz kengash a’zolari bilan kelishilgan holda Arterial gipertenziya bo‘limi qoshida yangi ochiladigan “Tibbiy turizm va reabilitatsiya” guruxini keng muxokama qilindi va markaz direktori tomonidan guruxga 7 shtat birligi asosida yangi ishchi xodimlar olinishi belgilandi. Yangi gurux xonalari yuqori darajada jixozlangan va asosan xorijlik sayyoxlarga xizmat qilishga mo‘ljallangan
- Ismoilova Zilola O‘roqtoshevna Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani Yangiobod MFY da ro‘yxatda turadigan bemorning oilaviy ahvoli og‘irligini inobatga olib, markaz tibbiy tanlov komissiyasi xulosasiga asosan navbatdan tashqari Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markaziga statsionar davolanish uchun imtiyozli yullanma berish yuzasidan markazning davolash ishlari buyicha direktor muovini Avazov D.A. so‘zga chiqib, kengash a’zolari roziligi asosida yo‘llanma berishga kelishildi.