RIKIATM Qarshi filiali direktori t.f.d: Yuldoshev N.P. tomonidan RIKIATM Andijon filialining Rentgen-endovaskulyar jarroxlik (REX) va Kardioreanimatsiya bo‘limida mahorat darslari o‘tkazildi
Muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoevning “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashgan tibbiy yordam tizimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bajarilishini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatida bir qancha ishlar amalga oshirildi.
O‘tgan qisqa vaqt mobaynida zamonaviy kardiologiya markazi barpo qilindi va eng zamonaviy tibbiy asbob uskunalar bilan jixozlandi. Shu bilan birga 2020 yil 6 noyabr kuni hurmatli Prezidentimiz o‘tkazgan videoselektorda Respublika Ixtisoslashtirilgan Markazlarning oldiga qo‘yilgan vazifalarni (bemorlarning Toshkentga Respublika Ixtisoslashtirilgan Markazlariga kelib ketishida bo‘ladigan ovoragarchiliklarni oldini olish, sarf xarajatlarini kamaytirish, ixtisoslashtirilgan markazlarning yetakchi mutaxassislarini xududiy filiallarda yuqori texnologik tibbiy yordamni amalga oshirish orqali tibbiy yordam sifatini yaxshilash) amalga oshirish maqsadida RIKIATM Karshi filiali direktori t.f.d. Yuldoshev N.P. va «Ezgu niyat» klinikasi REX bo’limi mudiri: Juraliev M. lar ishtirokida 2021 yil 13-fevral kuni RIKIATM Andijon filialida mahorat darslari o‘tkazildi.
Safar davomida 16 nafar bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va kerakli tavsiyalar berildi. Mahorat darslari davomida 6 ta bemorda ko‘rsatma bo‘yicha koronar arteriyalarda diagnostik angiografiya amaliyoti o‘tkazildi. 5 ta bemorda koronar arteriyalarni stentlash amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Shundan ikkita holatda surunkali okklyuziya (PNA) antegrad yo‘li bilan rekanalizatsiya qilindi xamda ikkita holatda surunkali okklyuziya (PKA) antegrad yo‘li bilan rekanalizatsiya qilindi. O‘tkazilgan mahorat darsi davomida bemorlarda jarrohlik amaliyoti asoratlari kuzatilmadi. Angiografik va klinik jihatdan ijobiy natijalarga erishildi.
Ushbu mahorat darslari markaz filallari bilan aloqalarni yaxshilashga, o‘zaro tajriba almashishga, xududiy tibbiy xodimlarni o‘z ish joylarida malakasini oshirishga va eng muhimi xalqimizga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.