Jizzax viloyatida maxorat darslari bo’lib o’tdi

Hozirgi vaqtda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra rivojlangan mamlakatlar aholisi o‘limining umumiy tarkibida yurak-qon tomir tizimi patologiyasining ulushi 40-60% ga yetadi. Shu bilan birga, o‘rta va hatto yosh yoshdagi odamlar orasida ham kasalliklarning ko‘payishi qayd etildi.

Shularni inobatga olgan holda mamlakatimizda ham aholi salomatligini yaxshilash borasida bir qancha ishlar olib borilmoqda. Shunday ishlardan biri Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali direktori t.f.d. Yuldoshev N.P. boshchiligidagi markazimiz jamoasi Jizzax viloyatiga ilmiy-amaliy anjuman hamda maxorat darslari o‘tish uchun tashrifi bo‘ldi.

Dastavval t.f.d. Yuldoshev N.P. tomonidan Jizzax viloyati tibbiyot xodimlariga antitrombotsitar dori vositalarining uchinchi avlodi bo‘lmish Tikagrelol(Brilinta) dori vositasi qo‘llanishi buyicha ilmiy ma’ruza o‘qildi.

Tashrifning amaliy qismida t.f.d. Yuldoshev N.P. tomonidan RIKIATM Jizzax filiali intervension kardiologlari uchun Yurak ishemik kasalligi tashxisi bilan bemorga koronar tomirga stent qo‘yish bo’yicha maxorat darsi o‘tildi.