Yurtimizda aholi ishsizlik darajasini qisqartirish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Yuqoridagi masala bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida ham bir talay ishlar amalga oshirildi.
Xususan yil boshidan beri markazga ish so‘rab kelgan fuqorolardan 21 nafari suhbat asosida va o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga qabul qilindi. Shular orasida temir daftarga kiritilgan fuqarolar ham mavjud.
Bugun markaz majlislar zalida ushbu masala yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi. Markaz direktori t.f.d. Yuldoshev N.P. so‘zga chiqib bu borada yanada ko‘proq ishlarni qilish kerakligi haqida ta’kidlab o‘tdi. Yil so‘ngiga qadar viloyat hokimligi homiyligi asosida yangi alohida bolalar uchun ham kardiologiya qurilishi bo‘yicha ham aytib o‘tildi.
Tadbir so‘ngida ishga qabul qilingan xodimlar markaz direktori va ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi.