Koronar stentlarning bosqichlari va afzalliklari

Hozirgi kunda koronar tomirlar koronagrafiyasi va stentlash amaliyoti Yurak Ishemik Kasalligini davolashda yuqori texnologik jarroxlik amaliyoti xisoblanadi.

Koronar stentlar shu kunga qadar 4 bosqichli evolyusiyani bosib o‘tdi.

Birinchi evolyusiya- Koronar tomirlar ballonli angiplastikasi

Ikkinchi evolyusiya- Metall stentlar (BMS). Metall stentlar (BMS) qon tomirlarning stenoz mummosini hal qilgan bo‘lsada, bu avlod stentlar restenozi jiddiy muommosini keltirdi. BMS implantatsiyasi faqat ballon angioplastikasidan ustunroq. Restenoz xavfi 20-30% ni tashkil qildi.

Uchinchi evolyusiya- Dorili moddalarni ajratib turadigan stentlar (DES) – Metall stent (BMS) uchragan restenoz darajasini sezilarli darajada kamaytira oldi 5-7%. Bu avlod stentlarda boshqa muommo paydo bo‘ldi bu stentlarning kechki tromboz xavfi edi.

Turtinchi evolyusiya- (BRS)-Intervension kardiologiyada turtinchi inqilobni boshlab berdi. Bioso‘riluvchan karkaslar dorilar bilan qoplangan va tomir elastikligini yuqotmasligiga va eng asosiysi uchinchi avlod stentlarda bo‘lgan muommo kechki tromboz xavfini 0,4% gacha kamayishiga erishildi.

Bioso‘riluvchan karkaslar- (BRS) asosan o‘z-o‘zidan so‘rilishi mumkin bo‘lgan polimerlarning takrorlanadigan birliklaridan iborat. Karkas implantatsiyasidan so‘ng polimer birliklar orasidagi bog‘lanishlar gidrolizlanib, Krebs sikli orqali metobolizmga uchragan va karbonat angidrid va suvga aylanadigan sut kislotasini xosil kiladi.

Afzalliklari:

      1.Kon-tomirlar fiziologiyasini buzmasligi, endoteliy funksiyasini buzmasligi.

      2. Kechki tromboz xavfining kamayishi va antitrombotsitlar bilan davolanishning qisqaligi.

      3. Kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan aorta-kornar shuntlash amaliyotiga to‘sqinlik qilmasligi.

  1. Artefaktlarsiz MSKT va MRT tekshiruvlarini bajarish.

Bioso‘riluvchan karkaslar asosan yosh bemorlarga (30-45 yosh) tavsiya etiladi. Bioso‘riluvchan karkaslarning birinchi avlodi ABSORB. Ikkinchi avlod MERES100. Uchinchi avlod Magmaris xisoblanadi.

O‘zbekistonda birinchi marotaba Bioso‘riluvchan karkas ABSORB 2014 yilda t.f.d Yuldoshev Nabijon Primovich tomonidan koronar tomirlarga implantatsiya kilingan. Shu kunga kadar 200 dan ortiq bemorlarga ABSORB va MERES100 Bioso‘riluvchan karkas Yuldoshev Nabijon Pirimovich tomonidan koronar tomirlarga implantatsiya kilingan. Yuldoshev N.P ning doktorlik ilmiy ishi ham aynan Bioso‘riluvchan karkas ABSORB bilan bog‘liq.

Yuldoshev Nabijon Pirimovich RIKIATM Qarshi filialiga direktor bo‘lib kelgandan buyon markazda murakkab rentgenendovakulyar jarroxlik amaliyotlarning xilma-xilligi oshib bormoqda. Shu qatorda markazda 2 ta bemorda Bioso‘riluvchan karkas yangi uchinchi avlodi Magmaris koronar tomirlarga implantatsiya qilingani haqida oldinroq aytib o‘tilgan edi.