“Ochik eshiklar” kuni

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida Qashqadaryo viloyati hokimligi tashabussi bilan voyaga yetmagan bolalarda yurak tug’ma nuqsonlarini to’g’ri tashxislash va davo taktikasini anqilash bo’yicha  “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi. Tibbiy ko‘rik davomida 15 dan ortiq  yurak tug‘ma nuqsoni bilan og‘rib kelgan yosh bolalar va katta yoshdagi bemorlar tekshiruvdan o‘tkazildi va davolash taktikalari aniqlandi.  Shu kunning o’zida 3 ta voyaga yetmagan 15, 16 va 17 yoshdagi bolalarda yurak tug‘ma nuqsoni, bo‘lmachalararo to‘siq nuqsonini okklyuder yordamida berkitish amaliyoti va 1ta  bemorda o‘pka arteriyasi tug’ma klapani stenozini ballonli valvuloplastikasi amalga oshirildi. Barcha amaliyotlar muvafaqqiyatli, asoratlarsiz amalga oshirildi. Barcha bemorlarning amaliyotdan keyingi holatlari qoniqarli. Mazkur amaliyotlarni  yetuk intervension kardiolog Jo’raliev M.M. va jarroxlarimiz Xoliqulov S.Sh., Qo‘ziev F.A., Norqulov M.S., lar birgalikada  amalga oshirishdi. Bunday amaliyotlarni kelgusida ham ko‘plab o‘tkazish rejalashtirilgan. RIKIATM Qarshi fililai ma’muriyati yetuk intervension kardiolog Jo’raliev M.M. ga katta minnatdorchilik izhor qiladi.