Markazga hokim o’rinbosari tashrif buyurdi

Joriy yilning 6 fevral sanasida Qashqadaryo viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Yuldashev Rustam Daniyorovich Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga tashrif buyurdi. Tashrif jarayonida hokim o‘rinbosari markazda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jarroxlik amaliyoti xonalarini ko‘zdan kechirdi.

Ko‘zdan kechirish davomida bemorlar bilan suxbatlshadi va bugungi kunda RIKIATM Qarshi filialida qilinaetgan kardiojarraxolik amaliyotlari, 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yurak tug‘ma nuqsoni bilan o‘tkazilayotgan rentgen endovaskulyar amaliyotlari bilan tanishdi. Markazda shu kuni bir guruh yetuk Toshkent shahridan kelgan kardiojarrox anesteziolog va intervension kardiologlar bilan suxbat o‘tkazdi va markazni salohiyati va imokoniyatlari xaqida fikrlar almashildi.

Shundan so‘ng markaz direktori t.f.d. Yuldoshev Nabijon Pirimovich 2021 yilda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida 70 sotix yer maydoniga, zamonaviy alohida 150 qatnovga mo‘ljallangan poliklinik-diagnostika bo‘limi (funksional diagnostika, laboratoriya va maslaxat xonalari), 20 o‘rinli bolalar uchun yuqori texnologik jarroxlik amaliyotini o‘tkazish binosi va zamonaviy interaktiv o‘quv mashg‘ulot bo‘limi qurish taklifini berdi.

Berilgan taklifni inobatga olgan holda viloyat hokimiga bildirib, yangi bino qurilishida amaliy yordam berilishini ta’kidlab o‘tdi hokim o‘rinbosari Yuldashev Rustam Daniyorovich