Qarshi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori Ro‘ziboev Q.Sh. tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali direktori t.f.d. Yuldoshev N.P. ga O‘zbekistan Respublikasi aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning sifat va samaradorligini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarish, malakali o‘rta tibbiyot xodimlariii tayyorlash tizimini zamon talablari asosida tashkil etish hamda raqobatbardosh tibbiyot xodimlari bilan ta’minlashda tibbiy ta’lim va tibbiy muassasadarining o‘zaro hamkorlik munosabatlari hamda o‘rta tibbiy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ishini yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash taklifi bilan chiqib, texnikum o‘qituvchisi Jalilov G‘.T. ning amaliy mashg‘ulotlarni o‘tish uchun o‘quvchilar o‘rni yaratilishida, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini o‘tash uchun amaliy yordam berilishini so‘rab murojaat qildi.
Shundan so‘ng markaz direktori tomonidan yuqoridagilarni inobatga olgan holda, markazdan xona ajratilib, o‘qituvchi va o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulot o‘tashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berildi.