Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida “Kasaba uyushma qo‘mitasi” va “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzularida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishni markaz direktori t.f.d. Yuldoshev N.P. kirish so‘zi bilan ochib, mavzu yuzasidan ma’ruza uchun so‘zni O‘zbekiston Sog‘liqni Saqlash xodimlari Kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati kengashi raisi To‘xtaeva D.A. ga berdi. Kengash raisi yig‘ilganlarga markazda Kasaba uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan to‘liq ma’lumot berib o‘tdi.
Shundan so‘ng navbatdagi mavzu yuzasidan ma’ruza uchun so‘z Otchopar MFY profilaktika inspektori katta leytenant Mahmudov J.O. ga berildi. katta leytenant Mahmudov J.O. ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan dori-darmonlar realizatsiya qilinayotgan noqonuniy joylar va dorixonalarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar davomida dori vositalarining noqonuniy aylanishi va ularning suiiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar aylanishini tartibga solishni takomillashtirish, shuningdek, aholining sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlash, xar tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar xaqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Yig‘ilish qatnashchilariga kun tartibidagi masala yuzasidan videorolik namoyish etildi.