Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida mijozlar va ishchi xodimlarga yana bir qulaylik yaratildi ya’ni Milliy bank Qashqadaryo viloyat filiali xodimlari tomonidan bankomat apparati o‘rnatildi. Endilikda markazga kelgan xar bir mijoz yoki ishchi xodimlar o‘zlarining plastik kartalaridagi pul mablag‘larini muammolarsiz bemalol naqd pul shaklida olishlari mumkin.
Markaz bu kabi yana boshqa qulayliklarni ham yaratishni rejalashtirgan.