Yangicha davolash usullari amalda qo’llanilmoqda

Miokard infarkti – koronar qon aylanishining buzilishi, (koronar tomirlar torayishi yoki to‘liq berkilishi) natijasida yurak mushagida nekroz infarkt hosil bo‘lishidir.

Yurak ishemik kasalligi(YuIK) va o‘tkir miokard infarkti bugungi kunga kelib dunyo bo‘yicha o‘lim sabablari ichida yetakchi o‘rindadir. YuIK dan xar yili o‘rtacha 1,8 mln o‘lim kayd qilinadi va bu barcha letal holatlarning 20% ini tashkil qiladi. Miokard infarkti erta bosqichda davolash bu koronar tomirlarda qon oqimini qayta tiklashga qaratilgan (trombolitik terapiya yoki koronar tomirlar angioplastikasi).

Birlamchi teri orqali koronar amaliyot – miokard infarktini erta bosqichda xirurgik usulda bartaraf etish, yani koronar tomirlarda infarktga sabab arteriyani qon oqiminni trombaspiratsiya yoki stentlash amaliyoti orqali qayta tiklashdir. Birlamchi teri orkali amaliyotni o‘tkir miokard infarktining qanchalik erta bosqichida amalga oshirilsa, shunchalik erta va kechki asoratlar yuzaga kelishi ehtimolligi kamayadi. Jumladan, dastlabki kasallik belgilari boshlanishi bilan 45 minut ichida amaliyot o‘tkazilsa shifoxona ichi o‘lim ko‘rsatkichi 3% gacha kamayishi adabiyotlarda keltirib o‘tilgan.

Respublikamizda sanoqli klinikalarida qilinadigan murakkab birlamchi teri orqali koronar amaliyot RIKIATM Qarshi filialida yo‘lga qo‘yildi. Markaz direktor t.f.d intervension kardiolog Yuldoshev Nabijon Pirimovich rahbarligida rentgen endovaskulyar xirurglar jamoasi birlamchi teri orqali koronar amaliyotni shu kunga qadar asoratlarsiz bajarib kelishmokda va Qashqadaryo viloyatida infarktdan erta o‘lim xolatlarini sezilarli kamayishiga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.