Poliklinika bo‘limi

Home Poliklinika bo‘limi

Bo‘lim 100 katnovga mo‘ljallangan bo‘lib, 4 ta vrach-kardiolog, 1 ta nevropatolog, 1 ta okulist, 1 ta endokrinolog, 1 ta ExoKG vrachi, 1 ta VEM vrachi, 1 ta XMEKG vrachi, 1 ta rentgen vrachi, 1 ta endoskopist, 14 nafar xamshira va 4 nafar kichik tibbiyot xodimi faoliyat ko‘rsatadi.
Bo‘limda quyidagi zamonaviy diagnostika usullari qo‘llanadi:
1. Xolter bo‘yicha sutkali EKG monitoringi- sutka davomida yurak ritmi, aritmiyalari soni, og‘riqsiz va og‘riq bilan kechuvchi ishemiya belgilarini taxlil qilishga yordam beradi.
2. Zo‘riqish sinamalari (veloergometriya, tredmil-test) jismoni zo‘riqish berilib, yurak ishemiyalari, koronar rezervi va yurakning nagruzkaga tolerantligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
3. EGDFS- oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi, eroziyasi va yallig‘lanish xolatlarini endoskop yordamida aniqlashga yordam beradi. Shuningdek koronaroangiografiya tekshiruvi, jarroxlik amaliyotlaridan oldin va agressiv antiagregant, antikoagulyant terapiya qo‘llashda oshqozon va 12 barmoq ichak xolatini baxolash maqsadida qo‘llaniladi.
4. Rengenoskopiya va rentgenografiya usullari yordamida kardiotorakal indeks, ya’ni yurak o‘lchamlarini rentgenografik taxlil qilish yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari yuqori nafas yo‘llari va o‘pkada yallig‘lanish jarayonlari xamda gidrotaroks xolatlari taxlil qilinadi.

Opening Hours

Monday – Friday 8.00 – 18.00
Saturday 9.00 – 17.00
Sunday 9.00 – 15.00
Holidays Closed

Book Appointment

Quick Contact

  • Address PO Box 16122 Collins Street West Victoria 8007 Australia
  • Phone 888-123-4567 / 888-321-7654